Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA QATOR ILG’OR FERMERLAR PAXTA TAYYORLASH SHARTNOMAVIY REJASINI QISQA MUDDATLARDA ORTIG’I BILAN BAJARDILAR

×

 2022-09-07 16:10:17    198

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda erta bahorda joriy yil hosili uchun 82 ming gektardan ziyod maydonga ezgu niyatlar bilan chigit urug’lari qadalgan edi. Ayni kunga kelib 13 ta paxta-to’qimachilik klasterlari bilan 2427 ta fermer xo’jaliklari tomonidan dalalarda mo’l hosil yetishtirilib, yig’ib-terib olish ishlari boshlab yuborildi. Jami 294 360 tonnadan ziyod paxta xom ashyosi yetishtirish bo’yicha shartnomalar tuzilgan bo’lib, hosilni qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan yig’ishtirib olish chora-tadbirlari belgilangan. O’tgan yili paxtachilikda viloyatimizda o’rtacha 34 tsentnerdan hosil olingan bo’lsa, bu yil o’rtacha hosildorlik 40 tsentnerdan oshishi kutilmoqda.

Joriy yilgi terim mavsumida qo’lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 1-terimda 1500 so’mdan, 2-terimda esa 1800 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda mehnat haqi to’lash belgilangan bo’lib, hududlarda yig’im-terim ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida 1380 ta paxta terim otryadlari tuzilgan.

E'tiborlisi, mavsumda mehnatga layoqatli ishsiz aholini paxta terimiga mehnat shartnomasi asosida ixtiyoriy jalb qilish orqali qariyb 151 mingdan ziyod aholi bandligi ta'minlanib, ular daromadini oshirish ko’zda tutilgan.

Paxta terimi boshlangan dastlabki kunlardayoq Furqat tumanidagi “Oydin barhayot”,“Uzaqov Ma'murjon zamini”, “O’rinboy ota”, Buvayda tumanidagi “Oltin ipak yo’li”, Bag’dod tumanidagi “Fotima Husan barakasi”, “Mamasidiq ota yeri”, Rishton tumanidagi “Oqgul chamani” fermer xo’jaliklari paxta tayyorlash shartnomaviy rejasini birinchilardan bo’lib bajardilar. Bu o’rinda gektaridan 48,5 tsentnerdan xirmon uyishga erishgan Furqat tumanidagi “Oydin barhayot” f/x paxtakorlarini alohida qayd etish lozim.

Terimchi va hasharchilarni ma'naviy qo’llab-quvvatlash, madaniy hordiq chiqarishlari uchun Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “O’zbekkontsert” viloyat bo’limi tomonidan barcha hududlarda kontsert va ko’ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda. Ilg’or otryad rahbarlari, terimchi va mexanizatorlar munosib rag’batlantirib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram