Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TASHABBUSLI BYUDJET" LOYIHASINING 1-BOSQICHIDA AJRATILGAN MABLAG’LAR HISOBIGA VILOYATDAGI 201 TA MFYLARDAGI 850 MINGDAN ORTIQ FUQAROLARNING MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

×

 2022-09-07 20:09:31    225

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan joriy yilning fevral-mart oylarida “Tashabbusli byudjet” jarayoni o’tkazildi.

Viloyatda o’tkazilgan jarayon yakunlariga ko’ra, “eng ko’p” ovoz to’plagan, amalga oshirish qiymati 137,3 mlrd.so’mlik 247 ta takliflar g’olib deb topildi.

Ushbu loyihalar doirasida viloyatdagi 201 ta MFYlardagi 850 mingdan ortiq fuqarolarning muammolari hal etilmoqda.

Jumladan,

59 ta umumta'lim maktablari, 10 ta maktabgacha ta'lim, 4 ta tibbiyot muassasalari ta'mirlandi. 9 ta umumta'lim maktablari zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlangan bo’lsa, 8 ta tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiy jihozlar yetkazib berildi.

81 ta mahallalardagi 155,2 km yoki 564,4 ming.kv metr ichki yo’llar ta'mirlandi, 39 ta mahallalarda 55 ta yangi TP, 1 534 ta beton tayanch ustunlar o’rnatilishi va 44 450 metr tarmoq tortilishi hamda 6 ta ta'mirtalab TPlar ta'mirlanishi hisobiga 33 mingdan ortiq xonadonlardagi 198 mingdan ortiq fuqarolarning elektr ta'minoti yaxshilandi.

Bundan tashqari, 33 ta mahallalarda 15 ta yangi suv qudug’i qazilishi, 19 ta suv minorasi, 21 ta suv nasosi va suv quduqlari uchun 15 ta TP o’rnatilishi hamda 73 km. tarmoq tortilishi hisobiga 28 mingdan ortiq xonadonlardagi 168 mingdan ortiq fuqarolarning toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyoji qondirildi.

26 ta ko’p qavatli uylar ta'mirlanishi hisobiga ushbu uylardagi 520 ta xonadonlarda yashovchi 2 mingdan ortiq fuqarolarning turmush darajasi yaxshilandi.

Bugungi kunda 6 ta mahallalarni kanalizatsiya tarmoqlariga ulash uchun 3 ta KNS o’rnatilmoqda, 7,7 km tarmoq tortilmoqda. shuningdek, 43 ta mahallalardagi boshqa ijtimoiy muammolar, ko’cha chiroqlari, svetaforlar o’rnatish, piyodalar yo’laklarini tashkil etish, mahalla guzari va sport maydonchalari qurish kabi 19 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

6 ta mahallalarni tabiiy gaz tarmog’iga ulash uchun 24,8 km tarmoq tortish loyihalarini amalga oshirish ko’zda tutilgan bo’lib, buning uchun 4,5 mlrd.so’m mablag’lar ajratilgan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 15 iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-bosqichiga start berilib, 115 mlrd.so’mdan ortiq mablag’lar ajratildi. Mazkur mablag’lar doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 695 ta takliflar ovoz berish bosqichiga o’tkazilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram