Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA TOJIKISTONNING SO’G’D VILOYATLARI HUDUDLARARO HAMKORLIGINING YANGI DAVRI BOSHLANMOQDA

×

 2022-09-10 09:54:46    659

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi ikki kunlik amaliy safar bilan Tojikistonning So’g’d viloyatida bo’lib qaytdi.

Viloyat hokimining o’rinbosarlari, So’x, Beshariq, Dang’ara, Rishton tumanlari, Quvasoy shahri hokimlari va o’rinbosarlari, viloyatimizning yirik tadbirkorlari, hunarmandlari, san'at va sport sohasi vakillaridan iborat yirik delegatsiyaning So’g’d viloyatiga tashrifi ikki viloyat o’rtasida har tomonlama amaliy hamkorlikning yangi sahifasini ochdi.

Tashrif dasturi doirasida dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzodaning muloqoti va ortidan ikki viloyat rasmiylarining kengaytirilgan formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida xalqlarimiz o’rtasida azaliy do’stlik va qardoshlik rishtalari qaytadan kuchayib borayotgani, hududlararo hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilayotganligi alohida qayd etildi.

Muloqotlar chog’ida ikki viloyat ishbilarmon doiralar o’rtasidagi aloqalarni faollashtirish, tekstil, qurilish mahsulotlari, charm-poyabzal sanoat, qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilik, pillachilik va bog’dorchilik, turizm sohalarida hamkorlikni, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O’zaro savdo hajmini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, 2023 yildan boshlab tojik paxta xom ashyosi eksporti to’xtatilayotganligini inobatga olib farg’onalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda So’g’d viloyati hududida paxtani qayta ishlash va tayyor turdagi tikuv to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik masalasi ikki tomonlama ma'qullandi.

Shuningdek, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’itlar, tekstil mahsulotlari, poyabzal, uy-xo’jalik mollari va boshqa turdagi xalq iste'mol mollariga So’g’dda ehtiyoj yuqoriligi bildirildi.

Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o’tkazish punkti yonidagi maydonda barpo etilayotgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog’liq erkin savdo zonasi mintaqaviy ulgurji va chakana savdoni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratishi qayd etildi.

Farg’ona va Xo’jand shaharlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish bo’yicha ham ish olib borishga, ikki viloyat o’rtasidagi avtobus qatnovlari sonini ko’paytirishga kelishildi.

Ikki tomonlama erishilgan kelishuvlar va hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirish uchun Qo’shma ishchi guruh tashkil etildi. Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev va So’g’d viloyati raisining birinchi o’rinbosari Anvar Ya'kubi qo’shma ishchi guruh faoliyatiga mas'ul etib belgilandilar.

Uchrashuvlarda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram