Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XO’JAND SHAHRIDA BO’LIB O’TGAN FARG’ONA VA SO’G’D BIZNES-FORUMIDA SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK YUZASIDAN UMUMIY QIYMATI 19 MILLION DOLLAR BO’LGAN 11 TA HUJJAT IMZOLANDI

×

 2022-09-10 12:07:15    838

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Tojikistonning So’g’d viloyatiga safari dasturi doirasida Xo’jand shahrida Farg’ona va So’g’d biznes-forumi hamda ikki viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada 20 dan ortiq Farg’ona viloyati korxonalari 80 turdan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, ikki viloyatning 100 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etgan biznes-forum o’tkazildi. Unda har ikki hududning investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyatlari taqdimot qilindi.

2021 yil 22-23 aprel kunlari Farg’ona shahrida o’tkazilgan So’g’d va Qirg’izistonning Batken viloyatlari ishtirokida “Chegaraoldi viloyatlar integratsiyasi – taraqqiyot garovi” mavzusidagi xalqaro biznes forumning davomi sifatida tashkil etilgan tadbir davomida “Baxodir Log’on tekstil” agroklasteri tomonidan So’g’d viloyati Asht tumanida 20 ming gektar yerni o’zlashtirish, “Ismoiljon gilamlari” MChJ tomonidan Bo’ston shahrida gilam to’qish tsexini tashkil etish kabi yangi loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Farg’ona va So’g’d tadbirkorlari o’rtasida o’tkazilgan B&B uchrashuvlardan so’ng ikki kun davomida erishilgan kelishuvlarni imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan umumiy qiymati 19 million dollar bo’lgan 11 ta hujjat imzolandi.

Farg’onalik tadbirkorlar tomonidan So’g’d viloyatida qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun Xo’jand va Bo’ston shaharlaridagi bo’sh turgan yirik ishlab chiqarish bino-inshootlari joyiga chiqilgan holda o’rganildi.

O’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan bir hafta muddatda “Harakatlar rejasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram