Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPA TUMAN MARKAZIDAN 17 KM UZOQLIKDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI FILIALI ISH BOSHLADI

×

 2022-09-10 14:25:03    827

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman markazidan 17 km uzoqlikda joylashgan Qumtepa MFY hududida Davlat xizmatlari markazining “Qumtepa” filiali ish boshladi. Bugungi kunga kelib viloyatimizda Davlat xizmatlari markazlari filiallari soni 12 taga yetdi.

Filialning ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, adliya boshqarmasi mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi ochilgan filial endilikda “Qumtepa” MFY ga qo’shni bo’lgan “Yangido’kon”, “Eshonguzar”, “Nurafshon”, “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’inlarining 18 ming nafardan ortiq aholisiga ham xizmat ko’rsatadi. E'tiborli jihati shundaki, DXM filialida ham fuqarolar va tadbirkorlar uchun markazdagi kabi 170 dan ortiq xizmatlardan to’liq foydalanish mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari filiallari ayni kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga mobil davlat xizmatlarini ko’rsatishi bilan ahamiyatli. Hudud aholisiga ko’rsatilayotgan xizmatlar bo’yicha huquqiy maslahatlar, yo’l-yo’riqlar beriladi.

Aytish mumkinki, bugun davlat bilan xalq o’rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko’tarildi. Xalqning og’irini yengil, uzog’ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko’rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram