Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MAHALLADA TADBIRKORLIK: QUVA TUMANI PANDIGON MFY HUDUDIDA TASHKIL ETILGAN OILAVIY KORXONA MAHSULOTLARI 100 FOIZ EKSPORTGA YUBORILMOQDA
2022-09-12 18:18:55 267
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva tumanida bo’lib, tumanda amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Viloyat hokimi dastlab “Baby Shukrona” oilaviy korxonasini borib ko’rdi. Tadbirkor Shukrullo Ummataliyev tashabbusi bilan tumandagi Pandigon MFYda tashkil etilgan ushbu tikuvchilik korxonasida hozirda 60 nafarga yaqin mahallada yashovchi xotin-qizlar doimiy ish bilan ta'minlangan. Bolalar va ayollar kiyimlari ishlab chiqaruvchi korxona mahsulotlari 100 foiz eksportga yo’naltirilgan. Eksport hajmi bir oyda 100 ming dollarga yetmoqda. Xayrullo Bozorov korxonada ishlovchi ayollar bilan suhbatlashdi, tadbirkor bilan korxona faoliyatini rivojlantirish bo’yicha rejalar yuzasidan muloqot qildi.
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag’allikni qisqartirish va yangi ish joylarni tashkil etish borasida tadbiq etilayotgan siyosatning amaldagi ijrosi bo’lgan ushbu korxonada hozirda qo’shimcha tikuv tsexi qurilishi davom etmoqda. Loyiha qiymati 800 million so’m bo’lgan yangi tsexning 2023 yil yanvar oyida ishga tushishi natijasida qo’shimcha 120 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram