Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QUVA TUMANIDA TA'LIM VA TIBBIYOT SOHALARIDA AMALGA OSHIRILGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2022-09-12 18:31:28    320

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanida amalga oshirilgan yangi loyihalarni ko’zdan kechirish jarayonida dasturlash va ingliz tili o’qitishga ixtisoslashgan “IT Westen English School” o’quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor Asadbek Xolmatov tomonidan tashkil etilgan ushbu markazda hozirgi kunda 200 nafardan ortiq tuman yoshlari ta'lim olmoqdalar. Xayrullo Bozorov markaz o’quvchilari bilan muloqot qildi, ular egallayotgan zamonaviy bilimlar darajasini o’rgandi. Viloyat hokimi tomonidan ushbu o’quv markaziga 10 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi sovg’a qilinadigan bo’ldi.

Xayrullo Bozorov shuningdek, tumanning Mustaqillik mahallasi hududida yaqindagina ish boshlagan “O’raboshi shifo diagnostika” tomonidan tashkil etilgan “Qubbo medical centre” xususiy klinikasida bo’ldi. Tadbirkor Abdulhamid Qirg’izboyevning tashabbusi bilan 20 milliard so’m mablag’ yo’naltirish hisobiga barpo etilgan 60 o’rinli ushbu ko’p tarmoqli tibbiyot maskanida nevroxirurgiya, kardiologiya, terapiya, proktologiya kabi 10 dan ziyod yo’nalishda aholiga tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi. Koreyadan olib kelib o’rnatilgan zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida kelgusi oydan boshlab umurtqa disk churrasi (grija), qorin bo’shlig’i va miya sohalarida jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish yo’lga qo’yiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram