
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QUVA TUMANIDA JORIY YILDA QARIYB 25 MING TONNA PAXTA XIRMONI BUNYOD ETILADI

2022-09-12 19:36:20 771
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva tumanida bo’lib, tumandagi fermer xo’jaliklari dalalarida paxta yig’im-terimining borishi bilan tanishdi, terimchilarga yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.
Quva tumanida joriy yil paxta hosili uchun 235 ta fermer xo’jaliklarining 6225 gektar dala maydonlariga erta bahorda chigit ekilgan. Bugungi kunda o’rtacha 40 tsentnerdan 24 900 tonna paxta xom ashyosini yetishtirish belgilab olingan. Mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida 105 ta terim otryadlari tashkil qilinib, ularda 11 ming nafardan ziyod terimchilar mehnat qilmoqda.
Tumandagi “Qosim karvon”, “Turdali To’xtaxon saxovati”, “Toirjon Qoraboyev hosili”, “Akmaljon Matmusayev” kabi fermer xo’jaliklari dalalarini aylangan viloyat hokimi, terimni tashkil etish borasida fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan muloqot qildi, yaratilgan sharoitlar yuzasidan terimchilar bilan suhbatlashib, ularga sovg’alar taqdim etdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram