Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“SAXOVAT” UYIDA KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN OILA MUHITI, UYDAGIDAY SHAROIT BO’LISHI KERAK!

×

 2022-09-13 12:17:53    596

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi “Saxovat” internat uyida bo’lib, muassasa faoliyatini rivojlantirish, internat uyi binosini rekonstruktsiya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Viloyat rahbari shuningdek, bu yerda yashovchilar bilan suhbatlashdi, yaratilgan sharoitlarni qayta ko’zdan kechirdi.

2022 yil 30 avgustdagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-365-sonli Prezident qarori bilan, bu muassasalar Davlat bojxona qo’mitasiga biriktirildi.

Farg’ona viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan “Saxovat” internat uyida hozirda loyiha qiymati 10 milliard so’m bo’lgan ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo’lib, bunda mavjud 2 qavatli binoning 3- va 4-bo’limlarini mukammal ta'mirlash, mavjud binolarning fasad qismlarini, yotoq bo’limlaridagi 6 ta yuvinish xonalarini, yozgi oshxonani to’liq ta'mirlash, hududni obodonlashtirish, sug’orish tizimi uchun quduq qazish belgilangan. Viloyat mahalliy byudjeti hisobidan internat uyi hududida madaniy tadbirlar markazi qurib bitkazilmoqda.

Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig’i Ihvoljon Azimov viloyat rahbariga amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha axborot berdi, ta'mirlash loyihasi bilan tanishtirdi.

“Saxovat” uyida keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun oila muhiti, uydagiday sharoit yaratish kerakligini ta'kidlagan viloyat hokimi, bu yerda yashovchilar uchun turli kontsertlar, madaniy tadbirlar o’tkazishni ko’paytirish, filmlar namoyishini yo’lga qo’yish uchun proyektor va ekranli kichik zal tashkil etish, muassasa bo’sh turgan xonalarida qiziqqan ayollar uchun gilam to’qish, tikuvchilik, kashtachilik faoliyatini yo’lga qo’yish, erkaklar uchun ham kichik ishlab chiqarish tashkil etish, muassasa hududiga manzarali daraxtlar va turfa gullar ekish kabi masalalarda mas'ullarga topshiriq berdi.

Viloyat rahbari internat uyida yashovchilar bilan suhbatlashdi, ularning fikrlarini tingladi. Muhabbat opa Tursunovaga nogironlar aravachasi sovg’a qilindi. To’shakka mixlanib qolganiga qaramasdan, matonatli Muhabbat opa turli paypoqlar, jemperlar to’qish bilan doimiy shug’ullanib keladi.

1953 yilda tashkil topgan va 1985 yilda hozirgi binoga ko’chirilgan “Saxovat” keksalar va nogironlar internat uyida bugungi kunda 145 nafar erkak va ayol vasiylikka olingan bo’lib, ulardan 18 nafari 1-guruh, 17 nafari 2-guruh nogironlaridir.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram