![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
QIRG’IZISTONLIK TADBIRKORLAR FARG’ONALIK ISHBILARMONLAR BILAN UMUMIY QIYMATI 4 MILLION DOLLARDAN ZIYOD BO’LGAN KELISHUVLARNI IMZOLASHDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/2024f4e5d6faa6be6ae1f.jpg)
2022-09-13 15:11:22 674
USAID dasturi doirasida mintaqaviy va transchegaraviy savdoni kengaytirish orqali qishloq xo’jaligi yo’nalishida yangi ish o’rinlari va daromad manbalarini yaratishni ko’zda tutgan "Agrosooda" loyihasi bo’yicha Qirg’iziston Respublikasining O’sh, Batken, Jalolobod viloyatlarida faoliyat olib borayotgan 20 nafardan ziyod tadbirkorlar 2 kunlik tashrif bilan viloyatimizga kelishdi.
Kecha Quva tumanida mevani qayta ishlash korxonasi, Oltiariq tumanida esa 1000 gektarlik uzumzor, logistika markazi va muzlatkichli omborlar mehmonlarga tanishtirildi.
Bugun Farg’onada viloyat hokimligi ko’magida hamda Qirg’izistondagi yirik kompaniyalardan biri, “Datka” savdo-ishlab chiqarish xoldingi tashabbusi bilan ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida biznes uchrashuv tashkil etildi. Unda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Alisher Soliyev, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi mas'ul rahbarlari, qirg’izistonlik rasmiylar ishtirok etdi.
So’z olganlar O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda o’zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirish tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad ekanligini yana bir bor ta'kidladilar.
Shundan so’ng ikki davlat ishbilarmonlari o’rtasida B2B shaklidagi muzokaralar bo’lib o’tdi. Yakunda umumiy qiymati 4 million dollardan ziyod 4 ta savdo shartnomasi, shuningdek, 8 ta memorandum imzolandi.
![](https://telegra.ph/file/2024f4e5d6faa6be6ae1f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ee1ed0774c10cc5e3e122.jpg)
![](https://telegra.ph/file/cc167b48c0c6e22f3d6e1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2722fce4d6b269318b5c5.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram