Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA VILOYAT BAYRAM TADBIRLARIDA FONOGRAMMADA QO’SHIQ AYTISH TAQIQLANDI, ENDI IJROCHILAR SAHNADA CHOLG’UCHILAR BILAN BIRGA JONLI IJRODA KUYLAYDI
2022-09-13 22:27:15 1006
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Farg’ona viloyati madaniyat va san'at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda viloyat madaniyat va san'at mas'ullari, teatrlar rahbarlari, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari, san'atkorlar, so’z ustalari, yosh ijodkorlar, turli jabhalarda mehnat qilayotgan sohaning fidoyilari ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari yig’ilganlarga soha rivoji yo’lidagi xizmatlari uchun, shuningdek, yaqinda o’tkazilgan Mustaqillik bayrami shodiyonalarini katta muvaffaqiyat bilan tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, aholi kayfiyatini ko’taruvchi bayram tadbirlarini, turli madaniy-ma'rifiy kechalarni ko’paytirish lozimligi ta'kidlandi.
Viloyat hokimi Farg’ona viloyati madaniyat va san'at sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha qator tashabbus va vazifalarni e'lon qildi.
Xususan, viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov rahbarligida viloyat bayram tadbirlarini o’tkazish bo’yicha ishchi guruh tuzish, guruh tarkibiga viloyat madaniyat boshqarmasi mas'ullari, teatrlar rahbarlari, oliy ta'lim muassasasi rektorlari, taniqli san'atkorlar va ijodkorlar kiritilishi ma'lum qilindi. Ishchi guruh a'zolari har bir viloyat bayram tadbiri uchun yangi g’oyalar, dasturlar, takliflarni o’rtaga tashlab, biri boshqasini takrorlamaydigan stsenariylar ishlab chiqish uchun mas'ul bo’ladi.
Viloyatdagi universitetlar, institutlar va texnikumlar rahbarlariga o’z ta'lim muassasalaridagi yoshlar orasidan yangi iste'dodlarni kashf etish, ularning o’z qobiliyatlarini namoyish eta olishlari uchun yetarli sharoit yaratib berish vazifasi yuklandi. Bu borada ayniqsa, o’ttiz ming talabani birlashtirgan Farg’ona davlat universitetida yetarli ish tashkil qilinmaganiga tanqidiy e'tibor qaratildi.
Bundan buyon Farg’ona viloyatida o’tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo’shiqchilar va qo’shiqlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadigan bo’ldi. Yangi qo’shiqlar, yangi ijrolar kerakligiga urg’u bergan viloyat hokimi, “San'atda yoshlar raqobatga chiqsin” degan fikrni bildirdi.
Viloyat rahbarining Farg’onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo’shiq aytish taqiqlanishi, ijrochilar sahnada cholg’uchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasidagi ko’rsatmasi san'at ahli tomonidan qarsaklar bilan ma'qullandi.
Kelgusi yildan boshlab Farg’onada va Qo’qonda Respublika teatrlari festivali, shuningdek, Respublikamizdagi va qo’shni davlatlardagi rus teatrlari festivali o’tkazilishi belgilab berildi.
Shuningdek, viloyatimizda yashab o’tgan buyuk san'atkorlar xotirasiga bag’ishlangan San'at haftaliklari, oyliklari tashkil etiladigan bo’ldi. Viloyatimiz bo’ylab milliy festivallar, sayllar, xalq o’yinlari, so’z san'ati tadbirlari o’tkazilishi belgilandi.
Tadbirda viloyat madaniyat va san'at sohasi fidoyilaridan bir guruhiga viloyat hokimining tashakkurnomalari va sovg’alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram