Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQLIK PAXTAKORLAR KATTA XIRMON BUNYOD ETISHMOQDA

×

 2022-09-14 22:05:30    272

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan bugun Oltiariq tumanida bo’lib, tumandagi fermer xo’jaliklari dalalarida paxta yig’im-terimining borishi bilan tanishdi, terimchilarga yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Oltiariq tumanida joriy yil paxta hosili uchun 202 ta fermer xo’jaliklarining 6220 gektar dala maydonlariga erta bahorda chigit ekilgan. Bugungi kunda o’rtacha 41 tsentnerdan jami 22 900 tonnadan ziyod paxta xom ashyosini yetishtirish maqsad qilingan. Mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun 105 ta terim otryadlari tashkil qilinib, ularda bugungi kun holatiga 8600 nafardan ziyod terimchilar mehnat qilishmoqda.

Viloyat rahbari borib ko’rgan “Buzrukxon buvo”, “Jalilobod”, “To’xtasin Farmonov” fermer xo’jaliklarida 45-50 tsentnerdan yuqori hosildorlik ko’zlanmoqda. Xayrullo Bozorov terimni tashkil etish borasida fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan muloqot qildi, yaratilgan sharoitlar yuzasidan terimchilar bilan suhbatlashib, ularga sovg’alar taqdim etdi. Viloyat hokimi “To’xtasin Farmonov” fermer xo’jaligida terimga kirishayotgan paxta terish mashinasini ham ko’zdan kechirdi.

Obod MFY hududida “Hamza Expo Art Textile” XK tomonidan paxta tozalash zavodi qurilishi jarayonlari bilan ham tanishildi. Joriy yilda qurilish ishlari boshlangan zavodda hozirda dastlabki dastgohlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda. 50 ming tonna tola ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladigan zavodda 110 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Korxona yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.

Mato, to’quv mahsulotlari va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishini qisqa muddatlarda boshlash bo’yicha ko’rsatma berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram