
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
JAMOAVIY SPORT TURLARINI OMMALASHTIRISH USTUVOR VAZIFA BO’LADI, HAR BIR MURABBIYNING FAOLIYATI YETISHTIRGAN SHOGIRDLARIGA QARAB BAHOLANADI

2022-09-14 22:29:41 336
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Oltiariq tumani markaziy o’yingohida bo’lib, tumanda yangi tashkil etilgan futbol va voleybol klublari sportchilari va murabbiylari, shuningdek, viloyat sport sohasi mas'ullari bilan uchrashdi.
Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, shuningdek, iste'dodli yoshlarni saralab olish orqali viloyat jamoalari zaxirasini shakllantirish maqsadida joylarda sport klublari tashkil etish bo’yicha viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida joriy oyda Oltiariqda “Oltiariq Yashiqchi”, “Ali United” futbol klublari, “Do’stlik” voleybol klubi tashkil etildi. Ushbu jamoalar a'zolari bilan muloqot qilgan viloyat rahbari, jamoaviy sport turlarini ommalashtirish, yoshlarni yangi klublarga jalb etish viloyatda ustuvor vazifa ekanini qayd etib, sportchilarga zafarlar tiladi. Har bir jamoaga to’plar jamlanmasi sovg’a qilindi.
Viloyat sport sohasi mas'ullari bilan muloqot chog’ida murabbiylar mahoratini oshirish bo’yicha alohida topshiriqlar berildi. Misol tariqasida viloyatda futbol bo’yicha jami 175 nafar, voleybol bo’yicha 81 nafar murabbiy faoliyat olib borayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, har bir murabbiy bir nafardan mahoratli sportchini yetishtirganda viloyatda shuncha nafar professional sport ustasi shakllanishini, afsuski amalda bunday natija ko’rinmayotganini tanqidiy ta'kidladi. Xayrullo Bozorov bundan keyin viloyatda har bir murabbiy faoliyati yetishtirgan shogirdlariga qarab baholanishini aytdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram