Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV MARG’ILONLIK 93 YOSHLIK KAVUSHDO’Z USTA ABDULLAJON OTA O’RINBOYEV XONADONIDA BO’LDI
2022-09-15 22:18:01 225
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga marg’ilonlik 93 yoshlik kavushdo’z usta Abdullajon ota O’rinboyev xonadonini yo’qlab bordi.
82 yildan ortiq kavushdo’zlik bilan shug’ullanib kelayotgan Abdullajon ota hunari, halol mehnati va ota duosi ortidan hayoti mazmunli o’tayotganini ta'kidlab, hozirgi dorilomon kunlar uchun shukronalik aytib yashayotganini qayd etdi. Yurtimizda bugun tadbirkorlik va hunarmandlikka keng yo’l ochilganini mamnuniyat bilan tilga olgan otaxon, bitta tikkan kavushini sotish uchun bozorga kirgani qo’rqqan davrlarini esga oldi.
8 nafar farzandlari, 88 nafar nabira va evaralari davrasida keksalik gashtini surayotgan otaxon, o’zini tik tutib turgan hunarini hali qo’ldan qo’ymagan. Abdullajon ota viloyat rahbariga o’zi tikkan kavushlardan birini sovg’a qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram