Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI MARG’ILON SHAHRIDAGI YOSHLAR SANOAT VA TADBIRKORLIK ZONALARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALARNI O’RGANDI

×

 2022-09-15 22:50:06    703

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg’ilon shahrida bo’lib, “Yoshlar-2” va “Aylanma yo’l” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan loyihalarning amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi.

Yuksalish MFY hududida joylashgan “Yoshlar-2” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 53 mlrd. so’m bo’lgan jami 5 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo’lib, 350 taga yaqin ish o’rni yaratilishi reja qilingan.

“Aylanma yo’l” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 53,9 mlrd. so’m bo’lgan charm-poyabzal, tekstil va trikotaj mahsulotlari, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi jami 18 ta loyiha joylashtirilgan. Kichik sanoat zonasida 870 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Xayrullo Bozorov yoshlar kichik sanoat zonalarida loyiha tashabbuskorlari hamda viloyat va shahar mas'ullari ishtirokida muloqot o’tkazdi. Tadbirkorlar viloyat rahbariga gaz, elektr va suv tarmoqlarini tortish va korxonalarga ulab berishni jadallashtirish masalasida murojaat qildilar. “Farg’ona HETK”, “Hududgaz Farg’ona” va “Farg’ona suv ta'minoti” rahbarlariga bu masalalarni qisqa muddatda hal etish bo’yicha qat'iy vazifalar yuklatildi.

Viloyat hokimi “Zebinisobegim Fayz” MChJga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 500 mln.so’m hamda “Qo’shtepa qurilish savdo” MChJga mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun 5 mlrd. so’m bank krediti ajratish bo’yicha tadbirkorlarning murojaatini tezkor ijobiy yechimga bog’lash bo’yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’iga topshiriq berdi.

Viloyat rahbari KSZ hududida hamon o’z faoliyatini yo’lga qo’ymagan tadbirkorni keskin tanqid qildi va loyihalarni tezroq ishga tushirish ko’rsatmasini berdi. Xayrullo Bozorov belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish bo’yicha yetarli choralar ko’rilmasligi holatida ajratilgan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlari mavjud qonunchilik doirasida qaytarib olinishi haqida qat'iy ogohlantirdi.

Har ikki kichik sanoat zonasidagi korxonalar joriy yil dekabr oyida foydalanishga topshirilishi belgilab berildi.

Viloyat hokimi Marg’ilon shahar hokimi Adham Ziyavitdinovga kichik sanoat zonalari atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha topshiriq berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram