Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA QURILISH ISHLARI DAVOM ETAYOTGAN TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI LOYIHASI TAKOMILLASHTIRILADIGAN BO’LDI
2022-09-15 23:24:16 705
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg’ilon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug’ruq kompleksi negizida tashkil etilayotgan tumanlararo perinatal markazida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyulda qabul qilingan “Sog’liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tashkil etilayotgan ushbu muassasa, tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan viloyatimizdagi uchinchi perinatal markaz bo’ladi. Joriy yil iyul oyida Qo’qon shahrida va Mustaqillik bayrami arafasida Beshariq tumanida bunday markazlar foydalanishga topshirilgandi.
Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, shuningdek, tug’ruq kompleksi rahbarlari bilan atroflicha muloqot qilgan viloyat hokimi, amalga oshirilayotgan ishlar loyihasini takomillashtirish hamda onalar va chaqaloqlar salomatligini saqlash uchun zaruriy qo’shimchalarni loyihaga kiritish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi.
Marg’ilon tumanlararo perinatal markazi joriy yil oktyabr oyi yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram