
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA TUMANIDA 3D KO’RINISHDA ZAMONAVIY GILAMLAR ISHLAB CHIQARILMOQDA

2022-09-16 09:25:48 339
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanidagi “Iqbol dizayn servis” oilaviy korxonasida bo’ldi.
Bu korxonada o’tgan 2021 yil yakunida eshik va derazalar uchun zamonaviy jalyuzilar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lsa, joriy yilda Evaks Fabric brendi ostida 3D ko’rinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirildi.
Qiymati 1,5 mln. dollar bo’lgan ushbu loyiha 1,15 mln. dollar tadbirkorning o’z mablag’lari hamda 350 ming dollar xorijiy bank krediti hisobiga hayotga tadbiq etildi.
Yillik 150 ming kv.m mahsulot quvvatiga ega korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo’shni davlatlarga va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda. Ushbu korxonada 50 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratilgan. Ishchi-xodimlar uchun xalqaro standartlarga mos mehnat sharoitlari yaratilgan.
Loyiha rahbari Iqboljon Mirahmatovning korxona faoliyatini rivojlantirish uchun 700 ming dollar miqdorida bank krediti olishga ko’maklashish yuzasidan viloyat hokimiga murojaati ijobiy hal etiladigan bo’ldi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram