Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“QO’SHA QARISH SAODATI” – YARIM ASRDAN ZIYOD AHIL YASHAB KELAYOTGAN OTAXON-ONAXONLARNING AJRIM YOQASIDAGI OILALAR HAMDA NIKOH QURISH ARAFASIDAGI YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2022-09-19 13:42:37    297

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi, O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Qo’sha qarish saodati” nomli ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda turmush qurishganiga va ahillikda hayot kechirib kelishayotganiga 50 yildan 65 yilgacha bo’lgan, viloyatimiz shahar-tumanlaridan kelgan 15 juft kayvoni otaxon va onaxonlar ishtirok etdilar.

Viloyatimizdagi ajrim yoqasidagi oilalar hamda nikoh qurish arafasidagi yigit-qizlar, shuningdek, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tgan tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vaziri o’rinbosari, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev ham ishtirok etdi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qo’sha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targ’ib etishdan iborat ekanligi qayd etildi.

Oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sog’lom ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo’lish ko’nikmalarini shakllantirish borasida nuroniy otaxon-u onaxonlarning o’git-nasihatlari, uzoq yillik hayotiy tajribalari eshitildi.

Yakunda oiladagi ajrimlarning kelib chiqishi va uning sabablari haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram