
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
SENAT ISHCHI GURUHI FARG’ONADA INVESTITSIYA LOYIHALARI, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BO’YICHA O’RGANISH BOSHLADI

2022-09-19 20:57:48 303
Bugun viloyat hokimligining kichik majlislar zalida Oliy Majlis Senati ishchi guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Farg’onada investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni kompleks ravishda o’rganish masalasi kun tartibida bo’ldi.
Yig’ilishda Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari Tolibjon Madumarov, viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, mutasaddi idora va tashkilotlar mas'ullari, shahar-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshliqlari qatnashdi.
So’z olganlar 2021 yil hamda joriy yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko’ra, iqtisodiy natijalari, eksport ko’rsatkichlari, investitsiyaviy jozibadorligi, ish o’rinlarini yaratish bo’yicha Farg’ona viloyati Respublika miqyosida ikkinchi, ayrim yo’nalishlarda esa birinchi o’rinda ekanligini alohida qayd etdilar.
Farg’onaning boshqa viloyatlarga namuna bo’ladigan jihatlari borligiga e'tibor qaratgan ishchi guruhi rahbari Tolibjon Madumarov, viloyatda 90 tadan ziyod kichik sanoat zonalari, 600 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari mavjudligini ta'kidladi. Amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib o’rganilib, ishchi guruhi hududlarda hokim yordamchilari faoliyatiga ham baho berishini aytib o’tdi.
Shuningdek, Respublika darajasida yechim topishi kerak bo’lgan muammolar, Senat ishchi guruhining o’rganish ishlari yakunlari Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi muhokamasiga qo’yilishi ma'lum qilindi.
Senat ishchi guruhi a'zolari tanishtirilib, bir hafta davomida olib borilishi kerak bo’lgan vazifalar kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram