Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI TEKSTIL KORXONALARI QOSHIDA O’QUV JARAYONLARINI AMALIYOT BILAN BOG’LAGAN HOLDA KASB-HUNARGA O’QITISH KURSLARI TASHKIL ETILADI
2022-09-20 19:48:14 342
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi “BS Textile” MChJ korxonasida bo’ldi. 2021 yil aprel oyida tadbirkor Ikromjon Vohidov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu korxonada bugungi kunda 750 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Yillik 7 ming 200 tonna paxta tolasini qayta ishlab, ip-kalava, xom trikotaj mahsuloti hamda tayyor kiyimlar ishlab chiqarayotgan korxonada joriy yilning o’tgan sakkiz oyida qariyb 500 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu o’tgan 2021 yilga nisbatan 3 barobar ko’pdir.
Hozirda korxonada qiymati 5 million dollar bo’lgan maxsus ustki kiyim-bosh ishlab chiqarish, shuningdek, matoga gul bosish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi ko’zda tutilgan ushbu liniyada qo’shimcha 500 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Viloyat hokimi shuningdek, Qirguli massivi hududida faoliyat olib borayotgan “Ferghana uniform” MChJ korxonasida bo’lib, qiymati 3 million dollar bo’lgan “Maxsus kiyim-boshlar ishlab chiqarish” loyihasi bilan tanishdi. Yillik 500 mingtaga yaqin maxsus kiyim bosh ishlab chiqarayotgan ushbu korxonada 200 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratilgan. Yangi liniyaning ishga tushishi qo’shimcha 300 ta ish o’rni yaratadi. Har oyda qiymati 300 ming dollarga yaqin mahsulot Rossiya va Germaniyaga eksport qilinmoqda.
Ixtiyor Qambarov rahbarligidagi ushbu korxona yaqinda YEvropada iqtisodiyotning turli sohalari xodimlari uchun ish kiyimlari yetkazib beruvchi Germaniyaning yirik tuzilmalardan biri “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
Har ikki korxona rahbari viloyat rahbari bilan muloqotda kengayib borayotgan ishlab chiqarish uchun malakali ishchi xodimlar topish bilan bog’liq masalasida amaliy yordam so’radilar. Xayrullo Bozorov shahardagi mahallalarda ishsiz bo’lgan aholi vakillari uchun ushbu korxonalar qoshida o’quv jarayonlarini amaliyot bilan bog’lagan holda kasb-hunarga o’qitish kurslari tashkil etish bo’yicha viloyat hokimining sohaga mas'ul o’rinbosarlariga, shahar hokimligiga hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi rahbariga vazifa yukladi. O’quv kurslarini tamomlaganlar yaxshi haq to’lanadigan doimiy ish o’rni bilan ta'minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram