Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA MARG’ILON SHAHARLARINI BOG’LOVCHI YO’L O’TKAZGICH 1 NOYABRGA QADAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI
2022-09-20 20:01:46 772
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona va Marg’ilon shaharlarini bog’lovchi yo’l o’tkazgichda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlarini ko’zdan kechirdi.
1976 yilda qurilgan, uzunligi 165 metr, eni piyodalar yo’lagi bilan jami 24 metr bo’lgan ushbu yo’l o’tkazgichda hozirga qadar ta'mirlash ishlari amalga oshirilmagan.
Yo’l o’tkazgichni oraliq qurilmalari (balkalari) va chetki to’siqlari, yoritish ustunlari yaroqsiz holatga kelganligi sababli, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi yig’ilish bayoniga asosan Farg’ona va Marg’ilon shaharlarini bog’lovchi 4R-140a “Farg’ona shahriga” avtomobil yo’lining 5 kmdagi yo’l o’tkazgichni to’la ta'mirlash ob'ekti 2022 yil ta'mirlash ishlari dasturiga kiritilgan.
To’la ta'mirlash ishlari davomida yo’l o’tkazgich ustki gidrohimoyasi, ustki qoplamasi, chetki to’siqlar, yoritish ustunlari yangilanishi, yo’l o’tkazgichda 3 ta 33 metrli va 28 ta 24 metrli jami 32 ta oraliq qurilmalar (balkalar) yangisiga almashtirilishi ko’zda tutilgan.
Bugungi kunda ko’prikda pudratchi Farg’ona ko’priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta'mirlash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Viloyat hokimi bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilish hamda ob'ektni 1 noyabrga qadar foydalanishga topshirilishini ta'minlash bo’yicha viloyat avtomobil yo’llari hududiy boshqarmasi boshlig’i Oybek Nazirovga ko’rsatma berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram