Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI
2022-09-20 20:30:22 412
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahrida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalarining ijrosi, shuningdek, sektorlar faoliyati samaradorligini o’rganish doirasida Kimyogarlar MFY hududidagi “Sanoatchilar” Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida bo’ldi.
“Sanoatchilar” Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida eksportbop va import o’rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha umumiy qiymati 38,5 milliard so’m bo’lgan jami 11 ta loyiha joylashtirilgan.
Xayrullo Bozorov gofra mahsulotlari va qadoqlash qutilari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Gofra mahsulotlari”, avtomobillar uchun havo filtlari ishlab chiqaruvchi “Air Class” hamda sochiqlar ishlab chiqaruvchi “Nur diyor yog’du” korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Viloyat hokimi “Sanoatchilar” Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga gaz, elektr va suv tarmoqlarini tortish va ulab berish ishlarini o’z muddatida va sifatli yakunlash bo’yicha “Farg’ona HETK”, “Hududgaz Farg’ona” va “Farg’ona suv ta'minoti” rahbarlariga qat'iy vazifalar yukladi.
Shaharning “So’lim” ko’chasida qurib bitkazilayotgan xizmat ko’rsatish shaxobchalari majmuasi loyihasi bilan tanishgan viloyat rahbari, ushbu shaxobchalarni tadbirkorlarga 30 foiz oldindan to’lov bilan imtiyozli kredit asosida taqdim etishni tashkil etish bo’yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’iga vazifa belgiladi. Xizmat ko’rsatish shaxobchalari narxini tushirish bo’yicha majmuani barpo etayotgan tadbirkorlar bilan smeta hujjatlarini qayta ko’rib chiqish bo’yicha shahar hokimiga ko’rsatma berildi.
Xayrullo Bozorov Al-Farg’oniy MFY hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan savdo kompleksi va logistika markazi loyihasi bilan ham joyida tanishdi. Umumiy qiymati 150 milliard so’m bo’lgan ushbu loyiha doirasida ustki qavatida ko’ngilochar maskanlar joylashgan 4 qavatli savdo markazi, 6 ta 2 qavatli savdo paviloni hamda 3 ta ombor qurilishi rejalashtirilgan. Majmua 2024 yilga qurib bitkaziladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram