Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
KUZGI PILLA MAVSUMIDA RISHTON TUMANI QO’RG’ONCHA MFY PILLAKORLARI SHARTNOMAVIY REJANI ORTIG’I BILAN UDDALADILAR
2022-09-20 21:00:21 240
2017 yilga qadar mamlakatimizda bir yilda bir marotaba pilla yetishtirilar va bu jarayonda aholi bor yo’g’i 35-40 kun davomida band bo’lar edi. Bugungi kunda esa pilla yetishtiruvchi kasanachilar sohada 7 oy davomida uzluksiz mehnat qilib, daromad topmoqda.
2022 yil pilla yetishtirish kuz mavsumida viloyatimiz bo’yicha 5870 quti ipak qurti parvarishlanib, 234,8 tonna pilla xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan bo’lib, 2022 yil hosili uchun viloyatning shahar va tumanlaridagi 8197 nafar kasanachilar o’rtasida 5870 qutiga kasanachilik shartnomalari tuzildi. Viloyatdagi 28 ta inkubatoriyalarda jami 5870 quti ipak qurti urug’lari jonlantirilib, 8197 nafar kasanachilarga tarqatildi.
Mavusum davomida 8197 ta xonadonda takroriy ipak qurtlari parvarishlanmoqda. Bugun viloyatning Rishton tumani Qo’rg’oncha MFYdagi kasanachilar xonadonida takroriy mavsumda yetishtirilgan ilk pilla hosili terilmoqda.
Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’inida joriy mavsumda fermer xo’jaliklari va kasanachilar tomonidan 12 quti ipak qurti parvarish qilindi. Shu tariqa 27 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanib, oilaviy daromadi o’sishiga erishildi.
Mahalla pillakorlari “Rishton Agropilla Fayz” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 480 kg qimmatbaho «kumush tola» topshirib, shartnomaviy rejani ortig’i bilan uddaladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram