
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
RESPUBLIKAMIZDAN EKSPORT QILINAYOTGAN SHAFTOLINING 57 FOIZI FARG’ONA VILOYATI HISSASIGA TO’G’RI KELMOQDA

2022-09-22 11:48:39 299
Davlat statistika qo’mitasi ma'lumotiga ko’ra, O’zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijga eksport qilgan 74,3 ming tonna shaftolining 42,2 ming tonnasi yoki qariyb 57 foizi Farg’ona viloyati hissasiga to’g’ri keldi. Respublikada umumiy shaftoli eksportining qiymati 66,2 million dollarga teng bo’ldi.
Shaftoli eksporti o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 8 oyida O’zbekiston eng ko’p shaftoli eksport qilgan davlat Rossiya Federatsiyasi bo’ldi – 62,9 ming tonna.
So’nggi ikki yilda Farg’ona viloyatida 1200 gektardan ziyod yangi shaftoli bog’lari tashkil etilib, umumiy shaftolizorlar maydoni 6717 gektardan 7920 gektarga yetdi.
Joriy yilda viloyatdagi mavjud maydonlarda jami 70 ming tonnaga yaqin shaftoli yig’ib olish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram