Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASINING NAVBATDAGI SALOMATLIK KARVONI FARG’ONA TUMANIDA

×

 2022-09-22 19:30:08    287

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov boshchiligidagi viloyat tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 36 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat guruh Farg’ona tumani aholisi o’rtasida tibbiy ko’rik o’tkazdilar.

Vodil shaharchasida joylashgan markaziy shifoxonada tashkil etilgan ushbu tadbir davomida 500 nafardan ortiq dardiga shifo izlayotgan fuqarolar ko’rikdan o’tkazildi. 

Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i qabulida 20 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari hal etildi.

Jumladan, 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga “Zilol” sihatgohi va Shohimardon pulmonologiya shifoxonasiga davolanish uchun yo’llanma berilgan bo’lsa, 2 nafar fuqaroga nogironlik guruhi belgilanishi qabul chog’ida hal etildi. 10 nafardan ziyod fuqarolarga esa viloyatda joylashgan shifoxonalarda davolanish uchun bepul yo’llanmalar berildi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 50 nafardan ortiq fuqarolarga bepul dori vositalari tarqatildi.

Tuman markazida joylashgan Stomatologiya bo’limida ham yetakchi mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko’riklar tashkil etilib, yuqori stomatologik va ortopedik muolajalar o’tkazildi va 100 nafardan ortiq fuqarolarga stomatologik jamlanmalar tarqatildi.

Tumanning chekka hududi bo’lmish Yambaroq va Yoyilma MFYlarda tashkil etilgan Mahalla tibbiy punktlarining foydalanishga topshirilishi aholining xursandchiligiga sabab bo’ldi.

Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi 5-10 km yo’l bosmasdan shu yerning o’zida tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram