
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA VILOYAT HUDUDIY AGROXIZMATLAR MARKAZI ISH BOSHLAYDI

2022-09-24 09:13:57 442
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi al-Farg’oniy ko’chasida sobiq akademik litsey bino va inshootlari rekonstruktsiya qilinishi hisobiga amalga oshirilayotgan, qiymati 39,2 milliard so’m bo’lgan viloyat hududiy agroxizmatlar markazi loyihasi bilan tanishdi.
Jahon bankining kredit loyihasi bilan barpo etilayotgan, joriy yil oktyabr oyida qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanishi ko’zda tutilgan mazkur agroxizmatlar markazi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) negizida amalga oshirilmoqda.
Markazda xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida olib borilib, fan-ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash (ekstenshn) orqali ijobiy natijalarga erishiladi. Onlayn va “call-center” orqali xizmat ko’rsatilib, xalqaro sifat standartlari joriy etiladi. Shuningdek, markazda V2V shaklidagi muzokaralar joyi, savdo va demo maydonlar hozirlanib, tadbirkor va ishbilarmonlarga qulaylik yaratiladi.
E'tiborlisi, tajriba tariqasida markaz Ummon Amirligi “Atyab Foodtech” kompaniyasi boshqaruviga berilib, xorijiy ekspertlar ko’magida zamonaviy uskunalardan foydalangan holda tahliliy, sertifikatsion va tadqiqot ishlari bajariladi.
Xalqaro laboratoriyada qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, suv, tuproq va o’g’itni sinovdan o’tkazish, ilg’or xorijiy texnologiyadan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlari gigiyenasi va xavfsizligi ustidan nazorat o’rnatish, oziq-ovqat mahsulotlari importchi va eksportchilariga tahliliy xizmat turlarini taklif etish jarayonlari amalga oshiriladi.
Markaz mamlakatimizda iste'molda bo’lgan va O’zbekistondan eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yaxshilash uchun ozuqa mahsulotlarini ISO, HACCP, FSSC, Global GAP, «Xalyal» kabi 15 dan ortiq xalqaro standartlari asosida sertifikatlaydi.
Bundan tashqari, ushbu markaz faoliyati doirasida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamyurtlarimizga xorijlik tajribali sanoatchi-konsultantlar jamoasi hamda sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan zarur maslahatlar berib borilishini tashkil etish nazarda tutilgan. Mahalliy va xorijiy bozorlar talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish, ozuqalar xavfsizligi, QHSE tizimi shartlariga javob berilishini ta'minlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat sanoati sohasida yangi loyihalar ishlab chiqish kabi muhim va dolzarb masalalar e'tiborda bo’ladi.
Viloyat rahbari 3 qavatdan iborat ma'muriy binoda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Loyiha bo’yicha mashinalar kirib-chiqishi uchun maxsus yo’laklar tashkil etish, manzarali gul va daraxtlarni ko’paytirish, majmuani o’z vaqtida sifatli qilib yakunlash yuzasidan mas'ullarga zarur topshiriq va ko’rsatmalar berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram