Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASALARI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2022-09-24 10:20:54    859

PDF yuklash
Chop etish


Inson qadri ulug’lanayotgan yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada viloyatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi o’rganishlari davomida tibbiyot yo’nalishida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishib, ularni o’z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirilishi yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Xususan, viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markaziga qo’shimcha 90 o’rinli bino qurilib, “Bolalar kardiologiyasi bo’limi”ni tashkil qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko’zdan kechirildi. Loyiha qiymati 16,5 milliard so’m bo’lib, yangi qurilayotgan binoda 30 o’rinli kardioxirurgiya, 30 o’rinli onkogematologiya, 30 o’rinli neyroxirurgiya, 6 o’rinli reanimatsiya va operblok joylashadi.

Shahardagi Yuksalish ko’chasida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg’ona filiali balansida bo’lgan 7 qavatli binoni ham bugungi kunda rekonstruktsiya qilish hamda hududda yangi qabulxona qurishni tashkil etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi keyingi manzilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg’ona viloyat mintaqaviy filiali binosi yonida qurilishi rejalashtirilgan interventsion kardiologiya va kardioxirurgiya bo’limi binosi loyihasini ham ko’zdan kechirdi. 7 milliard 634 million so’mlik qurilish-ta'mirlash ishlari olib boriladigan binolarni jihozlash, hududda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi poliklinika qurish masalalari mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram