Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV: FARG’ONA SHAHRI KO’CHALARI OBOD BO’LISHI SHART

×

 2022-09-24 10:37:19    320

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahar sektorlar rahbarlari bilan birgalikda shahardagi Universitet, Sohibqiron Temur ko’chalari, San'at saroyiga kirish hududi atrofidagi ko’chalarda bo’lib, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. 

Universitet ko’chasi bo’ylab piyoda yurilar ekan, yo’lning ikki tomonidagi trotuarlardagi plitkalarning joyidan ajralib ketganligi, yonlari qarovsiz, chiqindilar to’planib, maysalar qurib qolganligi, lotoklardan suv yurmay, berkilishga kelib qolganligi, bekatlarda esa yo’lovchilar uchun deyarli joy qolmaganiga guvoh bo’lindi.

Sohibqiron Temur ko’chasida ham shu holat kuzatildi. Farg’ona davlat universitetining talabalar turar joyi bo’lgan binoning old qismlari shunchaki o’z holiga tashlab qo’yilgan. Maydon qaqrab, turli xil chiqindilar bilan to’lgan.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri ko’chalarini bu kabi qarovsiz holga kelib qolishiga befarq bo’lgan shahar hokimini va sektorlar rahbarlarini qattiq tanqid qildi.

Har bir qarich yerdan unumli foydalanish zarurligini ta'kidlagan viloyat hokimi, shahar mas'ullariga ko’p qavatli uylar atrofidagi bo’sh turgan joylarni tartibga keltirish, qarovsiz joylarga, yo’l yoqalariga manzarali daraxt ko’chatlari va gullarni o’tqazishni tashkillash bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

“Har bir sektor rahbari har kuni o’z hududidagi mahallalarga kirishi, ko’chalarda piyoda yurishi kerak. O’rganishi, olib borilayotgan ishlarni nazorat qilishi zarur. Farg’ona shahri ko’chalari obod bo’lishi shart”, - dedi Xayrullo Bozorov.

Viloyat hokimi o’rganishlarini viloyat teatr va kontsert saroyi yon hududlaridagi ishlarni ko’zdan kechirish bilan davom ettirdi.

San'at saroyining soy tomonidan kirish qismini yanada obod qilish, yon hududlardagi uylarning xonadon egalariga tushuntirib, 4 qavatdan oshmagan holda turar-joylarga aylantirish, birinchi qavatida aholiga xizmat ko’rsatish, ovqatlanish maskanlari tashkil etish bo’yicha shahar hokimiga topshiriq berildi.

Bunda kontsert tomosha qilgani yoki oilaviy sayr qilgani chiqqan fuqarolar uchun ovqatlanish, hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram