Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HUDUDLARARO HAMKORLIK RIVOJI YO’LIDA: TOJIKISTONNING KONIBODOM SHAHRI DELEGATSIYASI – BESHARIQ TUMANIDA 

×

 2022-09-26 12:53:35    343

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasining 8-10 sentyabr kunlari Tojikistonning So’g’d viloyatiga amaliy tashrifi doirasidagi erishilgan kelishuvlarga asosan So’g’d viloyati Konibodom shahri hokimi o’rinbosari Firdavs Yodgori boshchiligidagi rasmiylar, hunarmandlar, fermer xo’jaliklari rahbarlari Beshariq tumaniga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko’zlangan maqsad tumanda qishloq xo’jaligi yo’nalishi va boshqa tarmoqlarda qilinayotgan ishlar bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat.

Mehmonlar dastlab “Azizbek” fermer xo’jaligi hamda Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyalari yer maydonlarida kuzgi boshoqli don ekish bo’yicha o’tkazilgan seminarlarda ishtirok etishdi.

“Ixlos med servis” xususiy klinikasida bo’lib, bu yerga keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdilar.

Shuningdek, Konibodom delegatsiyasi a'zolari tadbirkor Boxirjon Turdaliyev tomonidan tashkil etilgan “Beshariq parranda” korxonasi hamda tovuq go’shti yetishtirishga mo’ljallangan “Zarqaynar durdonasi” MChJ da tovuq parvarishlash va tuxum mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari bilan tanishdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram