
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		TURKIYA KOMPANIYASI FARG’ONADA ZAMONAVIY LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI MARKAZI TASHKIL ETISHNI REJALASHTIRMOQDA
	
				
	
2022-09-26 14:13:33 496
Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov Turkiyaning Gazi Kimya laboratuvar sistemleri kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda Gazi Kimya laboratuvar sistemleri kompaniyasi hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida Farg’ona viloyatida laboratoriya diagnostikasi zamonaviy markazini tashkil etish masalasi, shuningdek, tibbiyot sohasida hamkorlikda amalga oshirish istiqboli mavjud bo’lgan loyihalar muhokama qilindi.
Biokimyo, mikrobiologiya, gematologiya hamda qon tahlili laboratoriyalari tashkil etishga ixtisoslashgan Turkiyaning eng oldi kompaniyalarining rasmiy distribyutori sifatida faoliyat olib boruvchi Gazi Kimya laboratuvar sistemleri kompaniyasi hozirda Nukus va Andijon shaharlarida ham laboratoriya diagnostikasi markazlari tashkil etish loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Uchrashuvda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov ham ishtirok etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
    Facebook,
    Telegram,
    Facebook,
    YouTube,
    Instagram

		
	


