Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI “REGLAMENT VA DEPUTATLIK ODOBI MASALALARI BO’YICHA” DOIMIY KOMISSIYASINING KENGAYTIRILGAN YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2022-09-26 16:30:33 262
Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasining viloyatdagi shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar raislari – mahalliy hokimlarning davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan muloqot jarayonida muomala madaniyatiga qat'iy amal qilishlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
So’nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda hokimlar amaldagi qonunchilik bo’yicha mahalliy kengashlarga rais bo’lsada, ular tomonidan odob-axloq qoidalari va muomala madaniyatini unutgan holda qo’l ostidagi xodimlari, davlat xizmatchilari, fuqarolar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa kasb egalarini haqoratomuz so’zlar bilan so’kish holatlari aks etgan video va audio yozuvlar tarqalish holatlari ham uchrab turgani fuqarolarning davlat idoralariga bo’lgan ishonchini yo’qotish holatlariga olib kelishi mumkinligi ta'kidlandi.
Respublikamizning turli hududlarida uchrayotgan bunday salbiy holatlar faol blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinib, turli xil salbiy fikrlar bildirilayotganiga e'tibor qaratildi.
Muhokamada so’z olgan komissiya a'zolari, zo’ravonlik, so’king’ochlik siyosati eski davrda qolganini, hech kim birovni haqoratlashga, shaxsiyatiga tegishga haqqi yo’qligi, rahbar har ishni qonun doirasida bajarishi kerakligi lozimligini ta'kidlab, bugungi kun hokimi o’z ishi bilan, so’zi bilan, xulq-atvori bilan barchaga o’rnak bo’lishi shartligiga e'tibor qaratishdi. Davlatimiz siyosati hokimlardan odamlarni rozi qilib, ularga mehr berib ishlashni talab etishi qayd etildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olinib, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi raislari – tuman (shahar) hokimlariga kelgusi ish faoliyatida muomala madaniyatiga yanada qat'iy rioya qilish, o’ziga bo’ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo’pollik qilmaslik, odamlarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik yuzasidan mas'uliyatlari qayta ko’rsatib o’tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram