Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-09-28 17:45:23    424

PDF yuklash
Chop etish


“Kusherbayevga murojaat” telegram kanalida Oltiariq tumanidan fuqaro Dilorom Vaxovidinova tomonidan yo’llangan, “Farg’ona viloyati hokimligi diqqatiga” deb nomlangan murojaat e'lon qilindi.

Murojaatchi Nogironlar jamiyatlarini qo’llab-quvvatlash uchun Prezidentimiz tomonidan anchagina pul ajratilganini, bu pullar Respublikadagi barcha “Nogironlar jamiyatlari”ga, shuningdek, tumanlardagi “Nogironlar jamiyati” bo’limlariga ham berilishi aytilganini, biroq shu kungacha bu pullardan Oltiariq tuman “Nogironlar jamiyati”ga umuman berilmaganini ta'kidlagan.

Ushbu murojaat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

So’nggi yillarda mamlakatimizda nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirish, nogironlarning hayot sifatini yaxshilash, ta'lim olish va ishga joylashishda ularga har tomonlama ko’maklashish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-5006-son Farmoyishida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirishga, ta'lim olish va ishga joylashishda ularga har tomonlama ko’maklashishga, korruptsiyaviy ko’rinishlar va boshqa huquqbuzarliklarni bartaraf etishga, pirovard natijada nogironlar to’laqonli hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.

2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi Qonuni nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash borasida o’ta muhim qadam bo’ldi.

2021 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo’lgan shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko’maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun yangi ish o’rinlarini yaratishda katta ahamiyatli qaror bo’ldi.

Ushbu qonun, qaror va farmoyishlar hamda sohaga aloqador qabul qilingan boshqa hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida nogironligi bo’lgan shaxslarning har biriga to’laqonli davlat e'tibori qaratildi, nogironlarning jamiyat bilan uyg’unlashishi uchun sharoitlar yaratildi. Nogironlarni manzilli qo’llab-quvvatlashning dunyoda analogi kam bo’lgan tizimi shakllantirildi.

Murojaatda ta'kidlangan masalaga qaytsak, O’zbekiston Nogironlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi tuzilma hisoblanadi.

O’zbekiston Nogironlar jamiyatining Farg’ona viloyati bo’limida hamda viloyatdagi 19 ta shahar va tumandagi bo’linmalarida jami 40 nafar xodim faoliyat olib boradi. 

O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunining 29-moddasida Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari ko’rsatib o’tilgan.

Ular kirish va a'zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo’lsa, muassislardan, qatnashchilardan (a'zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar, ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan iborat bo’lishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 aprelda qabul qilingan “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-230-son qarori bilan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlari hisobidan O’zbekiston nogironlar jamiyati, O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati, O’zbekiston karlar jamiyati hamda O’zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo’linmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etilmoqda. 

Qaror bilan, Moliya vazirligiga 2023 yildan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarida hududiy jamoat fondlari uchun tegishli mablag’lar ko’zda tutilishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram