Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYA KOMPANIYASI EKOSHAHARDA MIKADO SITI MAJMUASI QURILISH ISHLARINI BOSHLAMOQDA. FARG’ONADA YAPONIYA INVESTITSIYASI BILAN CHIQINDINI QAYTA ISHLASH KORXONASI TASHKIL ETILADI

×

 2022-09-29 08:30:59    788

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda “Mikado develop and investment” kompaniyasi tomonidan Farg’onada qad rostlayotgan Ekoshahar hududida amalga oshirilayotgan mehmonxona-rezidentsiya, savdo-turizm majmuasi va Yapon bog’idan iborat MIKADO SITI majmuasi loyihasining borishi muhokama qilindi.

Kompaniya rahbari Okuda Takefumi MIKADO SITI majmuasi qurilishi uchun yer maydoni auktsion orqali rasmiylashtirish yakunlangani, hozirda arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi. Yaqin muddatda loyihaning tamal toshi qo’yilishi bildirildi.

Yaponiyaliklarga Ekoshahar hududida tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish uchun 40 million dollar mablag’ ajratilganligi, 3-4 oy muddatda gaz, suv, elektr va kanalizatsiya tarmoqlari majmua chegarasiga qadar tortilishi ma'lum qilindi.

Muhokamalar natijasida MIKADO SITI majmuasi qurilishi loyihasini belgilangan muddatda amalga oshirilishini ta'minlash uchun ikki tomonlama yo’l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.

Loyihaga ko’ra, majmua 4 qavatli yapon saroylari me'morchiligidagi lyuks mehmonxona, 60 blokdan iborat har birining maydoni 50 metr kvadrat bo’lgan savdo do’konlari hamda ularning ust qavatida 60 ta apartamentlar, yapon bog’i, basseyn, sauna, spa-saloni, konferentsiyalar zalidan iborat bo’ladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Sansei kompaniyasi prezidenti Akazava Masaki viloyat rahbariga Farg’onada ikki bosqichda tashkil etish rejalashtirilayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini taqdim etdi.

Qiymati 10 million dollar bo’lgan mazkur loyihaning birinchi bosqichida Ekoshahar va uning atrofidagi hududlardagi chiqindilarni ajratish va qayta ishlash bo’yicha Yaponiya texnologiyasiga asoslangan ekologik toza korxona tashkil etish ko’zda tutilayotgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda chiqindilarning qayta ishlash mumkin bo’lmagan qismini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga asoslangan korxona tashkil etish reja qilingan.

Loyihani ma'qullagan viloyat hokimi, uni Farg’ona tumani Satkak qishlog’i yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshirish, Ekoshahar hududidagi chiqindilar bilan birga chiqindixona hududidagi chiqindilarni ham qo’shib qayta ishlashni taklif qildi. Bu taklif yaponiyalik investor tomonidan ijobiy qabul qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun hamkorlikda ish tashkil etishga kirishilishi belgilandi.

Muloqot chog’ida Sanctuary kompaniyasi rahbari Uemura Masato bilan Farg’onada Yapon restoranlari tashkil etish, shuningdek, qishloq xo’jaligida dronlardan foydalanish texnologiyalarini joriy etish bo’yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov ham ishtirok etdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram