Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“SHAFFOF SEMENT SANOAT” TOMONIDAN O’ZBEKISTON TUMANIDA QURIB BITKAZILGAN TSEMENT ISHLAB CHIQARISH ZAVODINING IKKINCHI BOSQICHIGA 60 MILLION DOLLAR INVESTITSIYA YO’NALTIRILADI

×

 2022-09-29 08:52:54    622

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Shaffof Sement sanoat” MChJ O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi ta'sischilari Runxuey Lun va Ulug’bek Toshmatovni qabul qildi.

Uchrashuvda “Shaffof Sement sanoat” MChJ tomonidan O’zbekiston tumanidagi Kichik tagob MFY hududida qurib bitkazilgan tsement ishlab chiqarish zavodining ikkinchi bosqichi loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Qiymati 25 million dollar bo’lgan loyihaning amalga oshirilishi natijasida barpo etilgan va yaqin kunlarda foydalanishga topshirish ko’zda tutilayotgan tsement ishlab chiqarish zavodida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlari tugallanib, hozirda sinov ishlari davom etmoqda. Yillik 550 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotgan korxonada 300 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi.

Rejalashtirilayotgan zavodning ikkinchi bosqichida 60 million dollar investitsiya yo’naltirish hisobiga yillik qo’shimcha 1000 tonna yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish ko’zda tutilmoqda.

Uchrashuvda shuningdek, “Shaffof Sement sanoat” MChJ qo’shma korxonasi tomonidan Qo’qon shahrida qurilish ishlari boshlangan 1 ta 26 qavatli va 5 ta 16 qavatli turar-joylardan iborat majmua loyihasi, shuningdek, qiymati 20 million dollar bo’lgan va kunlik 1200 tonna un va un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar ham ko’rib chiqildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram