
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA JANUBIY KOREYANING INCHXON SHAHRI O’RTASIDA AHOLINI VA HUDUDLARNI YONG’INDAN VA FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH SOHASIDA HAMKORLIK O’RNATILDI

2022-09-29 09:35:21 314
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning Inchxon shahri Yong’in xavfsizligi boshqarmasi boshlig’i Xo Sok Gon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida Farg’ona viloyati va Inchxon shahri o’rtasida yong’in xavfsizligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, ikki hudud mutaxassislarining o’zaro tashriflarini tashkil etish, tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo’yicha muntazam tajriba almashish borasida fikr almashildi.
Xo Sok Gon Koreyaning yong’in xavfsizligi tizimi, fuqarolarning yong’in xavfsizligi bo’yicha savodxonligini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan profilaktik ishlar, yong’in xavfsizligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash tizimi va boshqa masalalarda ma'lumotlar bilan o’rtoqlashdi. Koreyada yong’in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida ta'lim beruvchi 11 ta o’quv muassasasi borligi ma'lum qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekistondagi rivojlanishning yangi davrida ko’p qavatli uylar qurilishi jadal borayotgani, yirik ishlab chiqarish ob'ektlari soni muttasil ortib borayotganini ta'kidlab, bu jarayonda aholini va ob'ektlarni yong’indan va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yanada dolzarblik kasb etayotganini qayd etdi. Viloyat rahbari bu sohada ilg’or Koreya tajribasini o’rganish hamda joriy etish bo’yicha hamkorlik samarali bo’lishiga ishonch bildirdi.
2022 yil iyul oyida Farg’onaga Janubiy Koreya tomonidan 3 dona maxsus o’t o’chirish avtomobili va 1 dona tibbiy tez yordam texnikasi, shuningdek, himoya vositalari va jihozlari bepul yetkazib berilgani qayd etildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Inchxon shahri o’rtasida hamkorlik barcha sohalarda rivojlanib borayotgani, Inchxon meri Yu Chon Bok boshchiligidagi katta delegatsiyaning joriy yil yakuniga qadar Farg’onaga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim hujjatlar imzolanishi kutilayotgani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Inchxon shahri Yong’in xavfsizligi boshqarmasi o’rtasida aholini va hududlarni yong’indan va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlik, o’zaro tajriba almashinish hamda yong’in xavfsizligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash kabi masalalarni o’z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda belgilangan yo’nalishlarda hamkorlikning aniq odimlarini ko’rsatgan yo’l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram