Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
GERMANIYANING MAXSUS KIYIM ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN YIRIK “TEAMDRESS HOLDING GMBH” KOMPANIYASI FARG’ONADA BUYURTMALARINI JOYLASHTIRISH ORTIDAN O’Z KORXONASINI TASHKIL ETISHGA HAM QAROR QILDI
2022-09-29 10:31:57 808
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi direktori Korinna Xorndalni qabul qildi.
Uchrashuvda “Teamdress Holding GmbH” tomonidan Farg’ona viloyati tikuv-trikotaj sohasi salohiyatidan foydalangan holda YEvropa bozori uchun Farg’onada mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish borasida amalga oshirilayotgan loyihaning borishi muhokama qilindi.
Evropada iqtisodiyotning turli sohalari xodimlari uchun ish kiyimlari yetkazib beruvchi yirik tuzilmalardan biri bo’lgan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi turli mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari, sog’liqni saqlash, o’t o’chirish, qutqaruv xizmatlari, umumiy ovqatlanish tarmog’i xodimlari, ishchilar va boshqa soha vakillari uchun maxsus kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tarmog’iga ega.
Korinna Xorndal Farg’onadagi tekstil korxonalari tomonidan “Teamdress Holding GmbH” buyurtmalari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati kutilganidan ham yuqori bo’lganini ta'kidladi. “Teamdress Holding GmbH” direktori kompaniya Farg’onadagi mavjud malakali ishchi kuchi va xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib viloyatimizda o’z ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qaror qilganini ma'lum qildi. Dastlabki sinov bosqichida 200 taga yaqin ish o’rni yaratiladigan ushbu korxona, keyinchalik yirik ishlab chiqarish majmuasiga aylantirilishi ko’zda tutilgan.
Viloyat hokimi loyiha uchun kichik sanoat zonalari hududidagi davlat balansida bo’lgan bo’sh turgan bino inshootlardan ijara asosida ishlab chiqarish maydoni ajratish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma berdi.
Korinna Xorndal viloyatdagi tekstil korxonalari bilan hamkorlik jarayonida ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda sifatini yuksaltirish maqsadida maxsus xalqaro AAMT dasturi yordamida tashkil etilgan o’quv amaliyotlari natijasida tikuvchilarning samaradorligi bir necha barobar oshishiga erishilganini qayd etdi.
Mamlakatimizda kasbiy ta'limni rivojlantirish borasida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ ) O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi tomonidan Marg’ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta'minlashga qaratilgan dual ta'lim tashkil etilayotgani ham ma'lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram