Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TA'LIM-TARBIYA TIZIMIDA ALOHIDA O’RNAK KO’RSATGAN FARG’ONALIK BIR GURUH SOHA VAKILLARI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANDILAR

×

 2022-09-29 10:58:58    439

PDF yuklash
Chop etish


“O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o’quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg’or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo’shgan munosib hissasi, o’quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o’rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O’zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo’lidagi katta xizmatlari, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun:

Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktab-internati direktori Dadadjanova Eleonora Abduvaxabovna “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, 

Qo’shtepa tumanidagi 30-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Mamajonova Muxabbatxon Maxkamovna II darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan, 

Marg’ilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktabining nemis tili fani o’qituvchisi Tugusheva Zulfiya Fanilevna “Do’stlik” ordeni bilan, 

Quva tumanidagi 49-umumiy o’rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi Davlatov Nosirjon Ergashaliyevich, Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktab-internatining kimyo fani o’qituvchisi Qurbonov Boburmirzo Xoshimjonovich hamda Uchko’prik tumanidagi 27-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Mamadaliyeva Muxayyo Ubaydullayevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram