Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI YANGI O’QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-09-30 21:20:33    237

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi o’quv binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sog’liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, respublikadagi tibbiyot oliygohlari rektorlari, institut rahbariyati va talabalari ishtirok etdilar.

30 milliard so’mlik qurilish va ta'mirlash ishlari natijasida institutning yangi o’quv binosi qurib bitkazildi hamda moddiy-texnik bazasi shakllantirildi. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti endi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan 3 ta o’quv binosi, simulyatsiya markazi, vivariy, ilmiy laboratoriya, 500 o’rinli anjumanlar zali, 200 o’rinli oshxonaga ega bo’ldi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’zi avvalida tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali sifatida faoliyat boshlagan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Prezidentimizning 2020 yil dekabr oyidagi qarorlari bilan mustaqil institut maqomi berilib, hozirda oliygohda 3100 nafardan ziyod talabalar ta'lim olayotganligini qayd etgan viloyat rahbari, institutda qisqa muddat ichida katta o’zgarishlar bo’lganligini e'tirof etdi.

Investitsiya dasturi asosida katta mablag’ ajratilib, yangi binolarning barpo etilgani Davlatimiz rahbarining aholi salomatligini muhofaza qilishga bo’lgan e'tiborlari va tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan davlat siyosatining natijasi ekanligi qayd etildi. “Bizning asosiy maqsadimiz oliygohning nufuzini oshirish, ta'lim darajasini, sharoitlarni yaxshilash, jahon andozalariga olib chiqishda ko’mak berishdir” – dedi viloyat hokimi.

Tadbirda Sog’liqni saqlash vaziri Behzod Musayev ham so’z olib, davrada o’tirgan faxriy ustozlarni bayram bilan tabriklab, tibbiyot oliygohi talabalari yaratib berilayotgan imkoniyatlardan o’z o’rnida oqilona foydalanishlari, o’qib-izlanishlari, kelajakda yetuk tibbiyot sohasi vakillari bo’lishlariga tilak bildirdi.

O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan institutning bir qator faxriy ustozlariga “Sog’liqni saqlash a'lochisi” ko’krak nishoni topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram