Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida

 2022-07-20 14:38:05    352

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida viloyat hokimligiga jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan 2 908 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilning shu davrida 2 028 tani tashkil etgan yoki 143,4 foizga ko‘paygan.

Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Qo‘qon (196,5%), Quvasoy (189,1%), Marg‘ilon (166,7%) shaharlari, So‘x (233,3%), Uchko‘prik (222,7%), Bog‘dod (172,9%), Toshloq (149,3%), O‘zbekiston (148,6%), Furqat (148%), Quva (140,2%), Qo‘shtepa (131,3%), Rishton (125,9%) tumanlarida ortgan.

Murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilish, joylarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rilmayotganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ish bilan ta’minlash (401,9%), kommunal-xizmat sohasida 305,7%, ijtimoiy nafaqa tayinlash (230,9%), sog‘liqni saqlash (226,4%), moddiy yordam (218%), bank krediti (213,5%), elektr ta’minoti (210,7%), hokimiyat idoralari ishlari faoliyati (176,5%), mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati (150,9%) masalalari bo‘yicha murojaatlar soni ortgan. 

Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlarda aholining farovon turmush kechirishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, bu borada aholining muammolarini aniqlash va ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Joriy yilning 13-iyun kuni viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan, viloyatda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan “Dolzarb 45 kunlik” doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, viloyatda aholi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 100 va undan ortiq murojaat etgan 76 nafar va muntazam murojaat qiluvchi 160 nafar fuqaroning murojaatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qayta o‘rganish va ijobiy hal etish darajasini ko‘tarish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida viloyat bo‘yicha murojaatlarni ijobiy hal etish 36,9 foizdan 53,4 foizga ortdi.