Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida 2022-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari

 2022-10-25 15:24:23    361

PDF yuklash
Chop etish


Tahlillarga ko‘ra, joriy yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan viloyat hokimligiga 5 605 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 4 832 tani tashkil qilgan yoki 116 foizga ortgan.

Hokimliklarda murojaatlar o‘z vaqtida va to‘laqonli o‘rganib chiqilmaganligi natijasida ayrim shahar, tumanlarda murojaatlar soni ortib bormoqda. Jumladan, So‘x tumanida 213%, Furqat tumanida 145%, Furqat tumanida 145%, Uchko‘prik tumanida 142%, Farg‘ona shahrida 140%, Qo‘qon shahrida 135%, Dang‘ara tumanida 137%, Bag‘dod tumanida 130%, Marg‘ilon shahrida 123% ga ortgan.

Murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilish, joylarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rilmayotganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ish bilan ta’minlash (271%), sog‘liqni saqlash (233%), ijtimoiy nafaqa tayinlash (201%), moddiy yordam (201%), elektr ta’minoti (179%), bank krediti (165%), mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati (127%) fermer xo‘jaliklari faoliyati (107%) masalalari bo‘yicha murojaatlar soni ortgan. 

Aholining muammolarini aniqlash va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmaganligi natijasida viloyatimizda murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi 49,6 foizni tashkil etgan bir paytda, bu ko‘rsatkich Quva tumanida 22,5 foiz, O‘zbekiston tumanida 32,9 foiz, Uchko‘prik tumanida 37 foiz, Furqat tumanida 38,8 foiz, Oltiariq tumanida 39,8 foiz, Rishton tumanida 40 foizni tashkil etdi. 

Buning oqibatida viloyat hokimligiga 305 ta takroriy murojaatlar kelib tushgan. Shundan, eng ko‘p takroriy murojaatlar Farg‘ona (45), Qo‘qon (25 ta), Marg‘ilon (24 ta) shaharlari, O‘zbekiston (21 ta), Uchko‘prik (17 ta), Oltiariq (16 ta), Rishton (14) tumanlari hokimliklariga to‘g‘ri kelgan.