Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QO’QON ZARGARLIGI SANOAT DARAJASIGA KO’TARILADI
2022-11-01 23:20:43 233
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Qo’qon shahridagi Hunarmandlar shaharchasida bo’lib, zargarlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi hunarmandlar hamda tadbirkorlar bilan muloqot o’tkazdi.
Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan foydalangan holda, o’ziga xos maktabga ega Qo’qon zargarligini sanoat darajasiga ko’tarish payti kelganini ta'kidladi.
Uchrashuvda Qo’qonda zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish loyihalari, sohaga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali xalqaro darajada raqobatbardoshlikni ta'minlash, zargarlik sohasida talab yuqori bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ko’nikmalar asosida yoshlar uchun o’quv kurslar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bu borada amaliy ishlarni tashkil etish uchun hunarmandlar va tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etish hamda ularni qo’llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Hunarmandlarga mahsulot turini va hajmini ko’paytirish uchun 100 million so’mdan 200 million so’mgacha bank krediti ajratish masalasi ijobiy hal etiladigan bo’ldi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan muloqotni davom ettirish hamda taqdim etilgan loyihalarni amalga tadbiq etish bo’yicha ish tashkil etilishi belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram