Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYANING “WILLTEC” KOMPANIYASI FARPI QOSHIDA QURILISH VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHIDA TA'LIM OLUVCHI TALABALAR UCHUN O’QUV MARKAZI TASHKIL ETADI

×

 2022-11-02 10:24:47    690

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “Willtec” kompaniyasi prezidenti Chikara Miyagini qabul qildi.

Uchrashuvda “Willtec” kompaniyasi tomonidan Farg’ona Politexnika instituti qoshida qurilish va axborot texnologiyalari yo’nalishida ta'lim oluvchi talabalar uchun o’quv markazi tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Farg’ona viloyati va Yaponiya o’rtasida hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlanib borayotgani muloqot chog’ida alohida qayd etildi.

Yaponiyaning Osaka shahrida joylashgan “Willtec” kompaniyasi robotexnikalar ishlab chiqarish, qurilish va axborot texnologiyalari sohalariga ixtisoslashgan yirik kompaniya bo’lib, 6 mingdan ziyod ishchi xodim faoliyat olib boradi. “Willtec” Yaponiyaning ilg’or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab berish bilan ham shug’ullanadi.

Viloyat hokimi bilan muloqot chog’ida o’zbekistonlik yoshlarning bilim va salohiyatini yuqori baholagan Chikara Miyagi, “Willtec” tomonidan Farg’onada tashkil etish rejalashtirilayotgan o’quv markazi bitiruvchilari, o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyatlarini Yaponiyada muvaffaqiyat bilan davom ettirishlariga ishonch bildirdi.

Kelgusi yildan faoliyat boshlashi belgilangan o’quv markazida FarPIda qurilish va axborot texnologiyalari yo’nalishida ta'lim oluvchi talabalar yapon tili hamda mutaxassislik bo’yicha Yaponiya texnologiyalari va metodikasi asosida bepul o’qishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ikki yarim yillik kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Yaponiyadagi yirik kompaniyalarda doimiy ish bilan ta'minlanadilar.

Farg’onada Yaponiya bilan hamkorlikda kasbiy ta'lim hamda yapon tilini o’rgatish bo’yicha qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayotganini qayd etgan Xayrullo Bozorov, dunyoda sifat darajasi bo’yicha yuqori ko’rsatkichlardan birini egallagan Yaponiya ta'lim tizimining Farg’onada texnik soha mutaxassislarini tayyorlashda ham tadbiq etilishi viloyat uchun o’ta ahamiyatli bo’lishini ta'kidladi va loyihani viloyat hokimligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida bo’lib o’tgan uchrashuvda, ushbu shaharchada Yaponiyaning “Mikado” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan mehmonxona-rezidentsiya, savdo-turizm majmuasi va Yapon bog’idan iborat MIKADO SITI majmuasi loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Hojiqo’zijon Isaqov, Farg’ona politexnika instituti rektori O’ktam Salomov ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram