Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“QO’QON” EIZ HUDUDIDA QIYMATI 187 MLN. DOLLAR BO’LGAN MISDAN SIM, QUVUR VA FOLGA MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHILDI

×

 2022-11-02 10:33:33    194

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida bo’lib, “MB Qo’qon-7” MChJ tomonidan EIZ hududida amalga oshirishga kirishilgan misdan sim, quvur va folga mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasinining borishi bilan tanishdi.

Tadbirkor Baxtiyor Mirzayev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bo’lgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 187 mln. dollarni tashkil etib, ikki bosqichda amalga oshiriladi va birinchi bosqichi kelgusi yil yakunida ishga tushiriladi. Korxonaning 2025 yilda to’la quvvat bilan ishga tushishi natijasida yillik 25 ming tonna misni qayta ishlab, 1 mlrd. 330 mln. dollarlik qo’shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, ishlab chiqarilgan sim, quvur va folga mahsulotlari asosan eksportga yo’naltiriladi. Korxonada 1000 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratiladi.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish zavodi hamda ma'muriy bino qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil iyul oyida Germaniya va Avstriyaga amaliy tashrifi davomida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o’tkazilgandi, Avstriyaning Gmunden shahridagi “Niehoff Gruppe”, “ASMAG” va “UP CAST” kompaniyalaridagi ishlab turgan zavodlar faoliyati o’rganilgandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram