
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Rasmiy munosabatlar
2022-10-24 11:18:01 458
Ijtimoiy tarmoqlarda Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) Farg‘ona viloyatida yashovchi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarda fuqarolarning pasport va JSHSHIR (pinfl) raqamlari ochiqlangan holatda ko‘rsatilgani yuzasidan fikrlar bildirildi.
Viloyat hokimligi tegishli soha mas'ullari tomonidan tezkorlik bilan ushbu ma’lumotlarni Ochiq ma’lumotlar portalidan olib tashlanishi ta’minlandi. Kelgusida bunday texnik muammolarning kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.