Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA BOSH VAZIR O’RINBOSARI ZULAYHO MAHKAMOVA ISHTIROKIDA “OQILA AYOLLAR” HARAKATI FAOLLARI OLDIDA TURGAN VAZIFALAR KELISHIB OLINDI
2022-11-02 19:51:31 673
Bugun Farg’ona shahrida Bosh vazir o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi va shahar-tuman bo’limlari rahbarlari, ularning qoshida tashkil etilgan “Oqila ayollar” harakati a'zolari ishtirok etdilar.
Joriy yilning 1 mart kuni davlatimiz rahbarlari tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida joylarda obro’-e'tiborli, katta tajribaga ega faollardan iborat «Oqila ayollar» harakatini tashkil etish g’oyasi ilgari surilgan edi. Bugungi tadbirda ushbu tashabbus jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratishda, ezgu g’oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an'analarni jamiyatga singdirishda, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda muhim qadam bo’lganligi qayd etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati, joylardagi ijrosi haqida so’z bordi.
Zulayho Mahkamova oilalardagi ajrimlarning oldini olishda, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishda, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishda, bandligini ta'minlashda “Oqila ayollar” harakati a'zolari, mahalla faollari birdamlikda, hamjihatlikda tashabbus ko’rsatishlari zarurligini ta'kidladi.
Jamoatchilik asosida ish yuritayotgan “Oqila ayollar” harakatining viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasida 40 nafar, tuman, shahar oila va xotin-qizlar bo’limlarida 30 nafar, har bir mahallada 15 nafardan eng faol, tashabbuskor ayollardan iborat boshlang’ich guruhlari faoliyat boshlagan. Bugungi tadbirda “Oqila ayollar” harakati viloyat yetakchisi, Viloyat Qizil yarim oy jamiyati raisi Yulduzxon Rahimova hamda harakat a'zolari oldida turgan aniq vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram