Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
"MERIDIAN DIAGNOSTIC HOSPITAL" KLINIKASIDA RADIOLOGIYA BO’LIMI TASHKIL ETILDI. YAQIN DAVRDA LAZER XIRURGIYASI BO’LIMI HAM ISH BOSHLAYDI
2022-11-03 15:06:56 472
Farg’ona shahridagi "Meridian diagnostic hospital" tibbiy diagnostika markazida 1,8 million dollarlik loyihani amalga oshirish natijasida radiologiya bo’limi tashkil etildi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shaharning Ma'rifat ko’chasida joylashgan ushbu tibbiyot muassasasida bo’lib, yangi bo’lim faoliyati bilan tanishdi.
Radiologiya bo’limiga Germaniyaning Siemens kompaniyasida ishlab chiqarilgan yuqori texnologik rentgen va angeograf apparatlari, shuningdek, Philips kompaniyasining multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) jihozi olib kelib o’rnatildi. Bo’limda faoliyat olib borishi uchun xorijiy mamlakatlarda tahsil olgan yuqori malakali mahalliy mutaxassislar jalb qilindi.
Nurillo Mamasodiqov rahbarligidagi "Meridian diagnostic hospital" yaqinda Farg’onada ish boshlagan Central Asian Medical University (Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti)ning asosiy tayanch tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Yaqinda klinikada Farg’ona vodiysida yagona lazer xirurgiyasi bo’limi ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Ushbu bo’lim uchun Koreyadan qiymati 5 milliard so’mlik tig’siz operatsiyalarda foydalaniladigan lazer jihozlari keltirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram