Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UMMON SULTONLIGINING AL MAWAKAB KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATIGA INVESTITSIYA KIRITADI

×

 2022-11-08 10:21:07    201

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekistonning Ummon Sultonligidagi elchixonasida “Al Mawakab National Trading & Construction” (MNT) kompaniyasi bosh menejeri Syu Yuxang bilan uchrashuv o’tkazildi.

Suhbat davomida Farg’ona viloyatining investitsion salohiyati, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Syu Yuxang Farg’ona viloyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjudligini ta'kidladi. Shu sababli viloyatdagi o’rta ta'lim muassasalarida zamonaviy o’qitish tizimini joriy etish va raqamli texnologiyalar markazlarini yaratish bo’yicha qiymati 3 million dollar bo’lgan loyihaning taqdimoti bilan tanishtirdi.

“Al Mawakab National Trading & Construction” rahbari mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan holda kelgusida keng imkoniyatlarga ega sim-kartalar ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish, savdo-iqtisodiy sohani muvofiqlashtiruvchi elektron dasturni yo’lga qo’yish, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida logistika markazini barpo etish kabi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Ma'lumot o’rnida ta'kidlash joiz, MNT 2007 yilda tashkil etilgan bo’lib, yirik inshootlar, transport-logistika markazlari, suv va elektr stantsiyalarni ishga tushirish kabi turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, kompaniya binolarda zamonaviy monitoring tizimlarini yaratish, dasturiy axborot-kommunikatsiyalar ishlab chiqishda ilg’or tajribaga ega.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram