Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYA KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATIDA EKOLOGIK TOZA TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETGAN HOLDA CHIQINDINI QAYTA ISHLASH BO’YICHA LOYIHA TAKLIFI ISHLAB CHIQISHDA YAKUNIY BOSQICHGA KELDI

×

 2022-11-09 22:05:41    569

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Klintek İnşaat ve Enerji kompaniyasi rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot chog’ida Klintek İnşaat ve Enerji tomonidan ishlab chiqilayotgan Farg’ona viloyatida ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etgan holda chiqindini qayta ishlash bo’yicha tashkil etish rejalashtirilayotgan korxonaning loyiha taklifi holati muhokama qilindi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Turkiyaga tashrifi chog’ida Klintek İnşaat ve Enerji kompaniyasi bilan ilk muzokaralar o’tkazilgandi. Mart oyi oxirida esa ushbu kompaniya rahbarlari viloyatimizga ilk bor tashrif buyurib, loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini joyida o’rganishgan hamda dastlabki takliflarini taqdim etishgandi.

Qiymati 170 million yevro bo’lgan korxona ishga tushirilsa, viloyatimizda kunlik 2,5 ming tonnagacha bo’lgan chiqindini qayta ishlash hisobiga yillik 50 MVt elektr energiyasi va 25 ming tonna o’g’it ishlab chiqariladi, chiqindilarning katta qismi yana foydalaniladigan buyumlarga aylantiriladi, 600 dan ziyod ish o’rni yaratiladi.

Klintek İnşaat ve Enerji kompaniyasi rahbarlari Mevlyut Aldirmaz va Selim Balikchi kecha Toshkentda Respublika energetika va ekologiya sohasi mas'ullari bilan uchrashib, ushbu loyiha bo’yicha texnik shartlarni qayta ko’rib chiqishdi. Bugungi muloqotda viloyat hokimiga bu haqda ma'lumot bergan turkiyalik ishbilarmonlar, Toshkentda muhokama qilingan jihatlarni ham hisobga olgan holda yakuniy loyiha taklifini kelgusi haftada taqdim etishlarini bildirishdi.

Ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha hamkorlik ishlari davom ettiriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram