Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA AEROPORTIDA CHET DAVLAT FUQAROLARI UCHUN “TAX FREE” TIZIMI JORIY ETILADI

×

 2022-11-10 15:53:42    364

PDF yuklash
Chop etish


“Chet davlat fuqarolari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo’shilgan qiymat solig’ini qaytarish tizimini joriy etish to’g’risida” qaror qabul qilindi. (Vazirlar Mahkamasi, 653-son 09.11.2022).

Qarorga ko’ra, 2023 yil 1 yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O’zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to’langan QQS summasini qaytarish – “Tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

“Tax free” qaysi mahsulotlarga tadbiq etiladi?

“Tax free” respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo ob'ektlarida qaror bilan tasdiqlangan ro’yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qo’llaniladi.

Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim?

Umumiy qiymati kamida 1 million so’m bo’lgan “Tax free” tizimi tadbiq etiladigan tovarlarni xarid qilish lozim.

Chet el fuqarolari Tax freedan qanday foydalanishi mumkin?

Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida ro’yxatdan o’tishi va xaridlari bo’yicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kifoya.

“Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvarag’iga o’tkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarni Soliq mobil ilovasida onlayn vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Chet davlat fuqarolari O’zbekiston hududini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona va Urganch xalqaro aeroportlari orqali tark etganda tizim operatoriga murojaat qilgan holda mahsulot xarid qilgan paytdan boshlab 3 oy ichida QQS summasini qaytarishni rasmiylashtirishlari mumkin bo’ladi. 

To’langan soliq summalari qachon qaytariladi?

“Tax free” summasi chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan so’ng, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 25 kunidan keyin qaytariladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram