Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2022 YILNING YANVAR-OKTYABR OYLARIDA FARG’ONA VILOYATI QARIYB 200 MILLION DOLLARLIK QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORT QILDI

×

 2022-11-10 16:51:58    436

PDF yuklash
Chop etish


2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida Farg’ona viloyatidan xorijga 199,2 million dollarlik (o’tgan yil mos davriga nisbatan 13 million dollar ko’p) jami 269 ming tonna (39 ming tonna ko’p) qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Farg’ona viloyati bu ko’rsatkich bo’yicha Respublika hududlari orasida yetakchi bo’ldi.

Joriy yilda eksport qilingan qishloq xo’jaligi mahsulotlari turi 55 taga yetgan. Xususan, mazkur davrda 64,9 ming tonna uzum, 39,7 ming tonna nektarin, 18,6 ming tonna pomidor, 15,6 ming tonna olxo’ri, 12,8 ming tonna piyoz, 12,7 ming tonnadan gilos va xurmo, 11,8 tonna karam, 11 ming tonna tarvuz, 8,9 ming tonna sabzi, 5,2 ming tonna qovun, 5 ming tonna olma, 4,8 ming tonna anor, 3,9 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Farg’ona viloyatidan meva va sabzavot mahsulotlari eng ko’p eksport qilingan davlatlar Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog’iston, Qirg’iziston va Ukraina bo’ldi. Joriy yilda viloyat eksport geografiyasi kengayib, Singapur, Sloveniya, Iroq kabi davlatlarga ham ilk bor qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram